Главная » Узбекская музыка » Farrux Raimov - O'zingizda bo'lavering

Farrux Raimov - O'zingizda bo'lavering mp3

Farrux Raimov - O'zingizda bo'lavering
  • Исполнитель: Farrux Raimov
  • Название: O'zingizda bo'lavering
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 15.05.2025
Слушать
Farrux Raimov - O'zingizda bo'lavering
Скачать трек
Скачать песню Farrux Raimov - O'zingizda bo'lavering в mp3 или слушать бесплатно
Текст песни Farrux Raimov - O'zingizda bo'lavering

Shayton qarash ko'rinadi ko'zingizda
Kibr tomib turar aytgan so'zingizda
Bir ikki so'm topib katta gapirmang
O'zingizda bo'lavering o'zingizda

Bir deganda bir tomonga yetib qolmang
Mushtdekkina jonni tammon etib qolmang
Davlat kelib o'zingizdan ketib qolmang
O'zingizda bo'lavering o'zingizda

Kimga berib kimdan olib sinar Xudo
Hatto tog'lar vaqti kelib bo'lar ado
Bugun shoxsiz erta bo'lib qolmang gado
O'zingizda bo'lavering o'zingizda

Eslab ko'ring qani kecha kim edingiz
Cho'ntak quruq davralarda jim edingiz
Davr kelib yaqinlarni unutibsiz
O'zingizda bo'lavering o'zingizda

Bu dunyoga kelib ketdi asli kimlar
Bugun bari yer ostida yotar jimlar
Kibr otga minib olgan kibri dinlar
O'zingizda bo'lavering o'zingizda

Kimga berib kimdan olib sinar Xudo
Hatto tog'lar vaqti kelib bo'lar ado
Bugun shoxsiz erta bo'lib qolmang gado
O'zingizda bo'lavering o'zingizda

Nonni katta tishlasangiz tishlang lekin
Gap kelganda so'zlavering sekin - sekin
Kerak bo'lsa tosh yutasiz bo'lsa tekin
O'zingizda bo'lavering o'zingizda